
Ilm-fan
13-iyul kuni Dubayda boʻlib oʻtgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O‘zbekiston terma jamoasining barcha a’zolari oltin va kumush medallarni qo’lga kiritib, jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan yurtimiz tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etgan edi.
Jamoa a’zolari:
Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal,
Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal,
Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.
14-iyul kuni 57-Xalqaro kimyo olimpiadasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Olimpiadaning yopilish marosimi doirasida IChO bayrog‘i ramziy tarzda O‘zbekistonga topshirildi. 2026-yilda boʻlib oʻtadigan 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q