Oʻzbekiston FIFA reytingida 2 pogʻonaga yuqoriladi

Saqlash
14:49 / 10.07.2025 316 0

 

FIFA 10-iyul kuni oʻzining terma jamoalar boʻyicha reytingini yangiladi. Unga koʻra Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 2 pogʻonaga yuqorilab, 1449,12 ochko bilan 55-oʻrinda qayd etildi.

 

Milliy terma jamoa Osiyoda Yaponiya (17-oʻrin), Eron (20), Janubiy Koreya (23), Avstraliya (24) va Qatardan (53) keyin 6-oʻrinda bormoqda. Oʻzbekistondan keyingi oʻrinlarni Iroq (28) va Saudiya Arabistoni (59) egallagan.

 

Oʻzbekiston avvalgi reyting yangilangan kun – 3-apreldan 10-iyulgacha 12,1 ochko jamgʻargan. Bu davrda oʻzbekistonlik futbolchilar Jahon chempionati saralashining 3-bosqichi doirasida mehmonda BAA bilan durang oʻynadi (0:0) va uyda Qatarni magʻlub etdi (3:0).

 

BAAga qarshi oʻyinda olingan 1 ochko Oʻzbekistonni oʻz tarixida birinchi marta Jahon chempionatiga olib chiqdi.

 

Reytingni Argentina, Ispaniya va Fransiya terma jamoalari boshqarib bormoqda. Kuchli oʻnlikdan, shuningdek, Angliya, Braziliya, Portugaliya, Niderlandiya, Belgiya, Germaniya va Xorvatiya joy olgan.

 

Oʻzbekiston milliy terma jamoasining FIFA reytingidagi eng yuqori natijasi 45-oʻrin boʻlgan. Jamoa bu oʻrinda 2006-yil 22-noyabrdan 2007-yilning 14-fevralgacha boʻlgan. Eng past natija1996-yil noyabr oyida qayd etilgan — 119-oʻrin.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Jamiyat

17:39 / 06.04.2026 0 30
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi

Jamiyat

16:49 / 06.04.2026 0 77
Ayollar nega uzoqroq umr ko‘rishadi?

Jamiyat

11:52 / 06.04.2026 0 75
Talabalarning qanday huquqlari bor?

Jamiyat

10:22 / 06.04.2026 0 24
9 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
112098
75623

//