Madaniyat
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Ravshan Namozovning gematologiya shifoxonasida davolanayotgani, unga shoshilinch qon kerakligi, salomatligi jiddiy xavf ostida ekanligi haqida xabarlar tarqaldi. Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida “Daryo” muxbiri xonandaning singlisi Malika Namozova bilan bogʻlangan.
— Haqiqatan ham akamning sogʻligʻida muammo bor. U bir necha kundan buyon kasalxonada. Akam 7 yildan buyon 2-darajadagi xafaqon xastaligi bilan kurashadi. Qonga zarurat boʻlgani uchun yaxshi insonlarning koʻmagiga muhtojmiz. Qon guruhining ahamiyati yoʻq, faqatgina kasallanmagan, sogʻlom insonning qoni boʻlsa bas. Iltimos, akam sogʻayib, oyoqqa turib ketishiga koʻmak beringlar, — degan xonandaning singlisi.
Eslatib oʻtamiz, Ravshan Namozov zamonaviy surxon qoʻshiqlari bilan tinglovchilarga yaxshi tanish. Uning «Chipradalli», “Kovushim”, “Yor-yor yoron-ey”, “Biyo-biyo”, “Xayol” kabi qoʻshiqlari xalqimiz koʻnglidan joy olgan.
Siyosat
Jahon
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q