Madaniyat
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 01.07.2025 yilgi qarori bilan mamlakatda tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi.
Tasviriy va amaliy san’atni rivojlantirish va jahon miqyosida ommalashtirish uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatining asosiy ustuvor yo‘nalishlari bo‘ladi:
O‘zbekistonning 2026—2027-yillarga mo‘ljallangan ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi doirasida quyidagilar rejalashtirilmoqda:
Hujjatda iste’dodli yosh rassomlarni ustoz-shogird an’analari asosida tarbiyalab kelayotgan taniqli ijodkorlarni Badiiy akademiyaga ajratilgan davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan har oy mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 1,6 baravarigacha miqdorda qo‘shimcha rag‘batlantirish nazarda tutilgan.
2026/27-o‘quv yilidan boshlab Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida:
Shuningdek, 2025-yil 1-iyuldan boshlab Badiiy akademiya markaziy apparati va uning Qoraqalpog‘iston bo‘limi xodimlari uchun davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan oylik rag‘batlantirish ustamasi belgilanadi:
Shuningdek, qaror bilan tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73051
Jamiyat
//
Izoh yo‘q