Magistratura uchun hujjatlar qabuli boshlandi

Saqlash
09:11 / 08.07.2025 68 0

Respublika davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura mutaxassisliklariga onlayn roʻyxatdan oʻtish boshlandi, deb xabar berdi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

 

2025-2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

 

Magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

 

Ma'lumot uchun, magistraturaga hujjatlarni qabul qilish jarayoni aytilgan muddatdan 1 hafta kechikib boshlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//