
Ilm-fan
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi boshlandi. Davlatimiz rahbari butun Oʻzbekiston yoshlarini qutlugʻ ayyom – Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etib, islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.
Masalan, oʻtgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish boʻyicha Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi. Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi. Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.
“Katta-katta davlatlar, dunyoning eng nufuzli kompaniyalari bugun bizga nega ishonmoqda? Nega milliardlab dollar investitsiya kiritmoqda? Bu, albatta, bejiz emas. Chunki, hamkorlarimiz yoshlarimizning ilm-fan, taʼlim, IT, madaniyat, sanʼat va sportdagi yutuqlarini koʻrib, salohiyatimizga baho bermoqda, ertangi kunimiz poydevori mustahkam ekaniga ishonch hosil qilmoqda”, - dedi Prezidentimiz.
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q