Isroildagi xorijiy fuqarolarning viza muddati avtomatik tarzda uzaytirildi

Saqlash
16:49 / 17.06.2025 41 0

Isroildagi joriy xavfsizlik vaziyati munosabati bilan mamlakat Ichki ishlar vazirligi hamda Aholi va immigratsiya masalalari boshqarmasi tomonidan vizalar muddati avtomatik tarzda 2025-yilning 30-sentyabrigacha uzaytirildi, deb xabar berdi Oʻzbekistonning Izroildagi elchixonasi.

 

Muddati uzayltiriladigan viza turlari:

 

B/1 — ishlash uchun (umumiy);
B/2 — sayyohlik vizasi;
A/1 — repatriantlar vizasi;
A/2 — talabalar vizasi;
A/3 — diniy xodimlar vizasi;
A/4 — A/2 va A/3 viza egalarining oila aʼzolari vizasi.

 

Qayd etilishicha, ushbu avtomatik uzaytirish faqatgina 2025-yil 12-iyun kuni yoki undan keyin vizasi muddati tugayotgan xorijiy fuqarolarga taalluqli boʻlib, mamdakatda boʻlib turgan migrantlardan hech qanday qoʻshimcha harakatlar talab qilinmaydi — muddat uzaytirilishi avtomatik ravishda amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//