Jahon
Oʻzbekistonning London shahridagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 10-yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya Oʻzbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik toʻgʻrisidagi sertifikatlarini rasman tan oladi.
Bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning toʻliq kursini tugatgan boʻlsa, emlanganlik sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid i Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac.
Sertifikatning tan olinishi emlangan Oʻzbekiston fuqarolariga Buyuk Britaniyaga koronavirusga PZR testini taqdim etmasdan kirish imkonini beradi va ularni 10 kunlik karantindan oʻtish majburiyatidan ozod qiladi. PZR testi oʻrniga, kelgandan keyingi ikkinchi kuni faqat IFA testidan (lateral flow test) oʻtish lozim.
                  Jamiyat
                  Madaniyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
                  Jamiyat
             109687
          Jamiyat
             94072
          Jamiyat
             89854
          Jamiyat
             73007
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q