 
                   
                    Iqtisod
Joriy yilning fevral oyi boshlarida Oʻzbekistonda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga kirishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 4-mart kuni “Kredit axboroti almashinuvi toʻgʻrisida”gi qonun imzolangan. Unga koʻra, fuqarolar oʻzining ishtirokisiz olinadigan kreditlarni taqiqlash imkoniga ega boʻlgandi.
Kredit byurosi maʼlum qilishicha, 6-iyun sanasidan boshlab “jismoniy shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni kredit bitimi tuzishi taqiqlangan shaxslar reyestriga kiritish yoki reyestrdan chiqarish boʻyicha” xizmati joriy qilinib, undan bepul foydalanish imkoni mavjud. Mazkur xizmat fuqarolarga oʻzlarining ishtirokisiz olinadigan kreditlarga taqiq qoʻyish, shu bilan birga, bir qancha yirik firibgarliklarning oldini olish imkonini beradi.
“Bu oʻz navbatida bugungi kunda oʻsib borayotgan yaʼni, jismoniy shaxslarning xabarisiz kreditlar rasmiylashtirilishi holatlarining oldini olishga turtki boʻladi”, deyiladi xabarda.
Xizmatdan dastlab Kredit byurosining rasmiy veb-sayti orqali foydalanish mumkin.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109664
             109664
          Jamiyat
 94049
             94049
          Jamiyat
 89829
             89829
          Jamiyat
 72983
             72983
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q