Jamiyat
Yaqin kunlarda Oʻzbekistonda oʻz-oʻziga kredit olishni taqiqlash boʻyicha yangi qonun kuchga kirishi kutilmoqda. Bu haqda Kredit byurosi – CRIF kredit-axborot xizmatlari bosh direktori Mirsardor Usmonov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, bunday qonun shaxs oʻz xohishiga koʻra kredit olishni taqiqlashi va bu orqali ortiqcha moliyaviy majburiyatlardan saqlanishini taʼminlash uchun kerak.
Agar yangi tartib kuchga kirsa, fuqarolar oʻziga oʻzi kredit olishni taqiqlash boʻyicha Davlat xizmatlari yagona portali, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolariga ariza berishi mumkin boʻladi. Bu xizmat bepul taqdim etiladi.
Xabarga koʻra, mazkur tizimda kredit olishni taqiqlagan shaxslar uchun maxsus reyestr yuritiladi. Bordi-yu shaxs taqiqni olib tashlamoqchi boʻlsa, ariza bergan platformalar (Davlat xizmatlari yagona portali, davlat xizmatlari markazlari yoki kredit byurolari) orqali murojaat qilishi mumkin.
Qonun ayni kunlarda parlament tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Hujjat Prezident tomonidan imzolangandan keyin rasman kuchga kiradi.
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
112361
Jamiyat
95026
Jamiyat
91219
Jamiyat
75930
Jamiyat
//
Izoh yo‘q