
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Vobkent tumanida “Cobalt” avtomobili kanalga tushib ketganligi haqidagi xabar yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.
Qayd qilinishicha, 2021-yil 26-dekabr kuni, Buxoro viloyati, Vobkent tumani FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, shu kuni soat 07:00larda haydovchi, 1997-yilda tugʻilgan I.X. "Cobalt“ rusumli avtomobilda harakatlanayotib, rul boshqaruvini yoʻqotishi oqibatida tuman hududidan oʻtuvchi «Shoxrud» kanaliga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlgan fuqarolar yoʻq.
Voqea joyiga zudlik bilan tuman FV boʻlimi qutqaruvchilari va tegishli xizmat xodimlari yetib kelgan va maxsus texnika yordamida transport vositasi kanaldan olib chiqilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q