Hunarmandlarga 225 million soʻmgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

Saqlash
16:03 / 06.01.2022 912 0

“Hunarmandchilik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–77-son, 30.12.2021-y.) qabul qilindi.

 

Unga koʻra:

 

– 2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida ajratilayotgan mablagʻlarning 500 milliard soʻmi hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga yoʻnaltiriladi;

 

– imtiyozli kreditlar hunarmandchilik loyihalarini amalga oshirish uchun 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 million soʻmgacha oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida koʻzda tutilgan shartlarda ajratiladi;

 

– imtiyozli kreditlar hunarmandning talabi boʻyicha naqd pul olish imkoniyati bilan taqdim etiladi;

 

– imtiyozli kredit ajratish boʻyicha “oilakredit.uz” elektron platformasida hunarmandlarni onlayn navbatga qoʻyish va ularning loyihalarini kreditlash uchun alohida boʻlim ishga tushiriladi.

 

2022-yildan boshlab:

 

– “usta-shogird” anʼanalari asosida yoshlarga hunar oʻrgatayotgan hunarmandlarga – shogirdlar tayyorlashi, zarur xomashyo sotib olishi va shogirdlarni ish haqi bilan taʼminlashi uchun 6 oy davomida har oyda BXMning 2 baravaridan kam boʻlmagan miqdorda;

 

– shogirdlarga – mustaqil faoliyatini boshlashi uchun zarur asbob-uskuna va jihozlarni sotib olishi, shuningdek, ustalarga – internet saytlarini tashkil etish, oʻz mahsulotlarini jahon elektron savdo maydonchalariga chiqarish va reklama xarajatlarining 50 foizi, biroq BHMning 25 baravari miqdoridan oshmaydigan qismiga subsidiyalar ajratish tartibi joriy etiladi.

 

Bunda, subsidiya ajratiladigan hunarmandlar va shogirdlar hisobi “Hunarmand” uyushmasi tomonidan yuritilib, Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining “Onlayn mahalla” elektron platformasi bilan integratsiya qilinadi.

 

Shuningdek, 2022-yildan “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun faoliyat yuritish joyidan qatʼiy nazar, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini toʻlash aholi uchun belgilangan tariflar boʻyicha va shartlar asosida amalga oshiriladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//