2022-yilda qaysi tashkilotga qancha pul ajratiladi?

Saqlash
16:36 / 06.01.2022 1526 0

2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun va Prezidentning 2022-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisidagi qonun ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi qarori qabul qilindi.

2022-yil uchun respublika byudjetidan birinchi darajali taqsimlovchilarga ajratiladigan mablagʻlarning cheklangan miqdorlari:

  1. Xalq taʼlimi vazirligi – 25,81 trln soʻm (oʻtgan yilda 22,17 trln soʻm);
  2. Maktabgacha taʼlim vazirligi – 6,49 trln soʻm (oʻtgan yilda 6,79 trln soʻm). Shundan davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga subsidiyalar – 1,5 trln soʻm( oʻtgan yilda bu miqdor 1,2 trln soʻmni tashkil etgan);
  3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi – 4,14 trln soʻm( oʻtgan yilda 2,98 trln soʻm). Shundan 178, 5 mlrd soʻmi talabalar turar joyini barpo etish boʻyicha subsidiyalar(2021-yilda yotoqxona bilan qamrab olinmagan va uyda ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara toʻloviga subsidiyalar 72,2 mlrd soʻmni tashkil etgan);
  4. Sogʻliqni saqlash vazirligi – 3,08 trln soʻm( oʻtgan yilda 4,45 mlrd soʻm). Shundan odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasalliklar tarqalishiga qarshi kurashish bilan bogʻliq xarajatlar – 95,4 mlrd soʻm( 2021-yilda bu miqdor 50,8 mlrd soʻmni tashkil etgan);
  5. Madaniyat vazirligi – 728 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 1,03 trln soʻm);
  6. Innovatsion rivojlanish vazirligi – 843,3 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 747,8 mlrd soʻm);
  7. Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi – 1,324 trln soʻm(oʻtgan yilda 1,8 trln soʻm). Shundan suv taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamgʻarmasiga transfertlar – 981,3 mlrd soʻm (2021-yilda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida ichimlik suvi va oqava suv tizimlarini rivojlantirish uchun 1,395 trln soʻm mablagʻ ajratilgan);
  8. Qishloq xoʻjaligi vazirligi – 615,8 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 1,72 trln soʻm);
  9. Suv xoʻjaligi vazirligi – 3,44 trln soʻm( oʻtgan yilda 2,97 trln soʻm). Shundan paxta xomashyosi yetishtiruvchilari tomonidan tomchilatib sugʻorishni joriy etish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun xarajatlar – 935 mlrd soʻm( 2021-yilda 198,8 mlrd soʻm);
  10. Energetika vazirligi – 55 mlrd soʻm (oʻtgan yilda 1,13 tlrn soʻm. Shundan respublika isteʼmolchilarining ehtiyojlarini taʼminlash uchun tabiiy gazni sotib olish va sotishning oʻrtacha narxidagi farqni qoplashga 1 trln soʻm subsidiya ajratilgan);
  11. Transport vazirligi – 5,87 trln (oʻtgan yilda 6,81 trln soʻm). Shundan avtomobil yoʻllarini rivojlantirish maqsadli jamgʻarmasiga transfertlar – 4,82 trln soʻm;
  12. Ekologiya va atrof-muhitni himoya qilish davlat qoʻmitasi – 38,4 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 45,7 mlrd soʻm);
  13. Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi – 1,1 trln soʻm ( oʻtgan yilda 1,28 trln soʻm);
  14. Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qoʻmitasi – 186,6 mlrd soʻm;
  15. Turizm va sport vazirligi – 1,71 trln soʻm( oʻtgan yilda 1,06 trln soʻm). Shundan “Sogʻlom turmush tarzi” platformasi vositasida bir sutka davomida oʻn ming va undan ortiq qadam yurgan shaxslarga ajratilgan mablagʻlar – 60 mlrd soʻm;
  16. Sanoat xavfsizligi qoʻmitasi – 14,3 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 12 mlrd soʻm);
  17. Oʻrmon xoʻjaligi davlat qoʻmitasi – 136,8 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 105,8 mlrd soʻm);
  18. Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi – 516,5 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 609,3 mlrd soʻm);
  19. Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi – 9 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 7,6 mlrd soʻm);
  20. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi – 10,7 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 7,1 mlrd soʻm);
  21. Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi – 1,25 trln soʻm(oʻtgan yilda 835,5 mlrd soʻm). Shundan bandlikka koʻmaklashish jamgʻarmasiga transfertlar – 940 mlrd soʻm;
  22. Davlat statistika qoʻmitasi – 224,5 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 210,4 mlrd soʻm);
  23. Qurilish vazirligi – 358,9 mlrd soʻm ( oʻtgan yilda 333,8 mlrd soʻm);
  24. Tashqi ishlar vazirligi – 532,1 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 551,8 mlrd soʻm);
  25. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi – 415,8 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 408,4 mlrd soʻm). Shundan eksport qilishda transport xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish uchun xarajatlar – 110 mlrd soʻm ( 2021-yilda 150 mlrd soʻm);
  26. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi – 160 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 136,1 mlrd soʻm);
  27. Adliya vazirligi – 178,9 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 145,5 mlrd soʻm)
  28. Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi – 761,1 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 480,6 mlrd soʻm). Shundan tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga transfertlar – 500 mlrd soʻm(2021-yilda 200 mlrd soʻm ajratilishi belgilangandi);
  29. Moliya vazirligi – 73,27 trln soʻm( oʻtgan yilda 67,9 trln soʻm). Shundan aholini uy-joy bilan taʼminlash dasturlarini moliyalashtirish uchun xarajatlar – 1,76 trln soʻm(2021-yilda 1,93 trln soʻm), davlat qarziga xizmat koʻrsatish boʻyicha foiz toʻlovlari uchun xarajatlar – 4,04 trln soʻm(2021-yilda 2,59 trln soʻm), byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boʻyicha ijtimoiy xarajatlar – 4,35 trln soʻm (2021-yilda 4,24 trln soʻm), ish haqi, pensiya, stipendiya, nafaqalar miqdorlarini va ayrim xizmatlar turlari boʻyicha tariflarni oshirish bilan bogʻliq xarajatlar – 11,35 trln soʻm, koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashish va vaksina sotib olish uchun xarajatlar – 1,7 trln soʻm(oʻtgan yilda 4,26 trln soʻm);
  30. Davlat soliq qoʻmitasi – 1,53 trln soʻm (oʻtgan yilda 1,19 trln soʻm);
  31. Vazirlar Mahkamasi – 1,60 trln soʻm( oʻtgan yilda 2,23 trln soʻm). Shundan davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash boʻyicha markazlashtirilgan jamgʻarmaga transfertlar – 500 mlrd soʻm( 2021-yilda – 323 mlrd soʻm);
  32. Prezident Administratsiyasi – 814,6 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 1,44 trln soʻm);
  33. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi – 236,2 mlrd soʻm;
  34. Hisob palatasi – 67,6 mlrd soʻm;
  35. Senat – 59,9 mlrd soʻm (oʻtgan yilda 38,4 mlrd soʻm);
  36. Qonunchilik palatasi – 243 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 224,7 mlrd soʻm);
  37. Ombudsman – 7,6 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 4 mlrd soʻm);
  38. Bosh prokuratura – 1,357 trln soʻm(oʻtgan yilda 1,375 trln soʻm);
  39. Oliy sud – 1 trln soʻm(oʻtgan yilda 838 mlrd soʻm);
  40. Konstitutsiyaviy sud – 12,2 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 6,5 mlrd soʻm);
  41. Sudyalar oliy kengashi – 33,1 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 23,2 mlrd soʻm);
  42. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi – 21,1 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 25,4 mlrd soʻm);
  43. Markaziy saylov komissiyasi – 12 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 279 mlrd soʻm);
  44. Bolalar ombudsmani – 1,3 mlrd soʻm;
  45. MTRK – 561,3 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 427,1 mlrd soʻm);
  46. OʻzA – 20,6 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 26,6 mlrd soʻm);
  47. Prezident taʼlim muassasalari agentligi – 430,5 mlrd soʻm;
  48. «Oʻzarxiv» – 10,4 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 8,4 mlrd soʻm);
  49. Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi – 197 mlrd soʻm;
  50. Kinematografiya agentligi – 233 mlrd soʻm;
  51. Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi – 82,4 mlrd soʻm;
  52. Strategik rivojlanish agentligi – 7,5 mlrd soʻm;
  53. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi – 63,2 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 80,4 mlrd soʻm);
  54. Oʻzgidromet – 180,7 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 128,1 mlrd soʻm);
  55. Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz – 11,4 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 9,6 mlrd soʻm)
  56. Yoshlar ishlari agentligi – 212,8 mlrd soʻm(oʻtgan yilda 318 mlrd soʻm);
  57. Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi – 148,4 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 370,1 mlrd soʻm)
  58. OʻzFA – 328,2 mlrd soʻm( oʻtgan yilda 257,6 mlrd soʻm)
  59. Boshqa tashkilotlarga – 29,06 trln soʻm.

2022-yilda ikkinchi darajali byudjet taqsimlovchilariga ajratiladigan mablagʻlarining cheklangan miqdorlari:

Sogʻliqni saqlash vazirligiga aloqador tashkilotlar

  • “Sogʻlom avlod uchun” xayriya jamgʻarmasi – 58,7 mlrd soʻm;
  • Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi – 5 mlrd soʻm;
  • Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati – 263 mlrd soʻm.

Madaniyat vazirligiga aloqador tashkilotlar

  • Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi – 112,2 mlrd soʻm;
  • Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona – 19,07 mlrd soʻm.

Turizm va sport vazirligiga aloqador tashkilotlar

  • Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasi – 6, 2 mlrd soʻm;
  • Milliy olimpiya qoʻmitasi – 135 mlrd soʻm;
  • Milliy paralimpiya qoʻmitasi – 30,9 mlrd soʻm;
  • Madaniy meros agentligi – 107,9 mlrd soʻm.

Soliq qoʻmitasiga aloqador tashkilotlar

  • Kadastr agentligi – 166 mlrd soʻm;

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga aloqador tashkilotlar

  • Texnik jihatdan tartibga solish agentligi – 10,5 mlrd soʻm;

Vazirlar Mahkamasiga aloqador tashkilotlar

  • Milliy antidoping agentligi – 3,8 mlrd soʻm;
  • Agrosanoat ustidan nazorat qilish inspeksiyasi – 6,77 mlrd soʻm;
  • Davlat test markazi – 17,8 mlrd soʻm;
  • Oliy attestatsiya qoʻmitasi – 2,6 mlrd soʻm;
  • Din ishlari boʻyicha qoʻmita – 113,8 mlrd soʻm;
  • Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi – 6,4 mlrd soʻm;
  • Qatagʻon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi – 3,2 mlrd soʻm;
  • Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – 12,8 mlrd soʻm;
  • «Нурлы жол» va “Ovozi tojik” gazetalari – 1,6 mlrd soʻm;
  • Islom sivilizatsiyasi markazi – 15,2 mlrd soʻm;
  • Davlat personallashtirish markazi – 10,2 mlrd soʻm;
  • Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi – 9,4 mlrd soʻm;
  • Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi – 5 mlrd soʻm (5 mlrd);
  • Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi – 30,4 mlrd soʻm;
  • Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi – 2,5 mlrd soʻm;
  • Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi – 3,7 mlrd soʻm;
  • Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi – 5,2 mlrd soʻm.

Prezident administratsiyasi huzuridagi muassasalar

  • Davlat boshqaruvi akademiyasi – 24,7 mlrd soʻm;
  • Birinchi prezident Islom Karimov majmuasi – 10,2 mlrd soʻm;
  • Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti – 23 mlrd soʻm;
  • Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi – 89,6 mlrd soʻm;
  • Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi – 18,5 mlrd soʻm;
  • Administratsiya huzuridagi Tibbiyot bosh boshqarmasi – 173 mlrd soʻm;

Qonunchilik palatasi huzuridagi muassasalar

  • Parlament huzuridagi NNTni qoʻllab-quvvatlash fondi – 82,3 mlrd soʻm;
  • Parlament huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti – 10,6 mlrd soʻm;

Bosh prokuratura huzuridagi tashkilotlar

  • Majburiy ijro byurosi – 442,7 mlrd soʻm;
  • Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti – 195,2 mlrd soʻm.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//