
Jamiyat
YHXX matbuot xizmati Namangan viloyatida olib borilgan maxsus nazorat tadbirlari natijasi boʻyicha axborot berdi.
Qayd etilishicha, viloyatda 24 soat ichida 2 mingdan ortiq qoʻpol qoidabuzarliklar aniqlanib, 756 ta transport vositasi jarima maydoniga qoʻyilgan. 394 ta holatda tegishli hujjatsiz avtomashina boshqarish, 45 ta voyaga yetmaganlarga transport vositasini noqonuniy ijaraga berish holatlari aniqlangan.
Maʼlumot uchun, Prezident 15-may kuni oʻtkazgan videoselektor yigʻilishida viloyatlarda, ayniqsa, Namanganda oʻquvchilarga avtomobilni ijaraga berish avj olgani oqibatida, har oyda 10-15 nafar yoshlar majruh boʻlib qolayotganini, oʻlim bilan tugayotgan holatlar ham koʻpligini aytgan edi.
Shu munosabat masʼullarga bilan bolalarga mashina boshqarishni berganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish boʻyicha qonun loyihasini tayyorlash topshirilgan.
Xabarga ko‘ra, Namangan viloyati YHXB boshligʻi Mansur Gaziyev avtomobillarni ijaraga beruvchi Telegram guruh va kanallarning aksariyat aʼzolari maktab oʻquvchilaridan iboratligini aytgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q