
Jahon
Oʻzining kamtarona turmush tarzi bilan “Eng kambagʻal prezident” laqabini olgan Urugvayning sobiq rahbari Xose Muxika 90 yoshida vafot etdi. Bu haqda mamlakatning amaldagi prezidenti Yamandu Orsi maʼlum qilgan.
“Chuqur qaygʻu bilan hamkasbim Pepe Muxika vafot etganini maʼlum qilamiz. Prezident, aktivist, lider va boshqaruvchi. Sizni juda sogʻinamiz. Bizga berganlaringizning barchasi uchun, xalqingizga boʻlgan chuqur muhabbatingiz uchun rahmat!” – deb yozadi u.
Muxika mamlakatga rahbarlik qilgan vaqtda oʻzining deyarli barcha maoshini xayriyalarga yoʻnaltirgan. 2024-yilgi prezidentlik saylovlarida u Orsini qoʻllab-quvvatlagan.
Oʻsha yili Muxika oʻzida qiziloʻngach saratoni aniqlanganini maʼlum qilgan. Yanvar oyi boshida Busquedaʻga bergan intervyusida u saraton jigariga ham tarqalganini maʼlum qilgan. Muxika kasallik bilan kurashishni bas qilgan.
“Nega? Chunki men keksa odamman va menda ikkita surunkali kasallik bor. Menga biokimyoviy davolash yoki jarrohlik amaliyoti toʻgʻri kelmaydi. Chunki mening jismim buni koʻtarolmaydi”, – deya qarorini izohlagan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q