Oʻzbekiston Parlamentida muxolifat fraksiyasi paydo boʻldi

Saqlash
12:01 / 13.05.2025 113 0

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi oʻzini Parlamentdagi muxolifat fraksiya deb eʼlon qildi.

 

Shuningdek, XDP yaqinda Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalari tashabbusi bilan tuzilgan “Taraqqiyot bloki”ning ayrim maqsadlariga qoʻshilmasligini bildirdi.

 

Xususan:

▪️ iqtisodiyotda davlat ishtiroki, strategik ahamiyatga ega kompaniyalar ustidan davlat nazoratini saqlab qolishga eʼtiborning kamligi, ularni xususiylashtirish qonun darajasida taqiqlanmaganligi;

 

▪️ raqobatbardosh va bozor mexanizmlari orqali boshqariladigan pensiya tizimiga oʻtish zaruriyatining mavjudligi;

 

▪️ kommunal toʻlovlari (gaz, elektr va boshqalar) masalasida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlashning istiqbolga moʻljallangan aniq strategiyasi ishlab chiqilmaganligi;

 

▪️ ulushdorlik asosida uy-joy qurish boʻyicha fuqarolar ulushlarini himoya qilish va kafolatlash tizimining hanuzga qadar yaratilmaganligi;

 

▪️ aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimi joriy etilmaganligi (koʻp mablagʻ topgan, koʻp toʻlashi lozim tamoyilini qoʻllash lozim), shu jumladan qimmatbaho mol-mulk uchun soliqning (hashamat soligʻi) joriy etilmaganligi;

 

▪️ farmatsevtika sohasida davlat nazorati sustligi, mahalliy va xorijiy dori vositalari uchun eng yuqori cheklangan narxlar belgilanmaganligi, shu jumladan dori vositalarining reklamasi taqiqlanmaganligi.

 

Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi mazkur masalalar elektorat manfaatlariga zid ekanligi taʼkidlagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//