Qozogʻiston: Nur-Sultonda favqulodda holat joriy etildi, Nazarboyev Qozogʻiston xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi

Saqlash
18:49 / 05.01.2022 809 0

Qozogʻistonning Mangʻistau oblasti Janaoʻzan shahri aholisi 2-yanvar kuni gaz narxi koʻtarilgani ortidan norozilik namoyishlarini boshladi. Ular hukumatdan gaz narxini ikki baravarga kamaytirishni talab qilishgan. 

 

Namoyishlar haliyam davom etmoqda. Ayni vaqtda mamlakatda roʻy bergan voqealarning qisqa mazmuni haqida maʼlumot beramiz.

 

Olmaota shahar maʼmuriyat binosi sharqiy tomonida yongʻin kelib chiqdi. Olmaotadagi Respublika maydoni yaqinidagi biznes markazidan odamlar evakuatsiya qilindi.

 

“Nur Otan” partiyasi binosi yoqib yuborildi.

 

Olmaota markazida namoyishchilar mashinalarga oʻt qoʻyishdi. Olmaota shahar prokuraturasi binosi yoqib yuborildi.

 

Nur-Sultonda 19-yanvargacha favqulodda holat joriy etildi. Shaharda 23:00 dan 7:00 gacha komendantlik soati eʼlon qilindi.

 

Transport vositalari harakati ham cheklab qoʻyildi.

 

Namoyishchilar prezidentning Olmaotadagi qarorgohini ham egalladi.

 

Nursulton Nazarboyev Qozogʻiston xavfsizlik kengashi raisi lavozimidan ketdi. Uning oʻrnini Qasim-Jomart Toqayev egalladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//