
Siyosat
Prezidentning tegishli qarori bilan Karimova Eʼzoza Gapirjanovna Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari — Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti rektori lavozimiga tayinlandi.
U bunga qadar Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi direktorining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha maslahatchisi vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Uzoq yillar turli taʼlim maskanlarida mehnat qilib kelgan E. Karimova 2021-2021-yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi boʻlimi boshligʻi, 2021-2023-yillarda Prezident taʼlim muassasalari agentligi direktori maslahatchisi lavozimlarida ishladi.
2023-2024-yillarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi “Yangi Oʻzbekiston” universitetining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori vazifasida ish olib borgan.
Maʼlumot uchun: Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Abdugʻaffor Karimjonovich Qirgʻizboyev Namangan davlat universiteti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektori lavozimidan ozod etildi.
Ilm-fan
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q