
Jamiyat
Prezident farmoni bilan Prezident Administratsiyasi huzurida Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.
“Taʼlim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi negizida tashkil etilayotgan agentlik 62 shtat birligidan iborat boʻladi. Yaʼni bunda loyiha ofisi yopiladi va uning oʻrniga agentlik ochiladi.
Yangi idora mustaqil davlat boshqaruv organi hisoblanadi va taʼlimda sifat nazoratini amalga oshiradi. Buning uchun u taʼlim tashkilotlarini maxsus va kompleks davlat akkreditatsiyasidan oʻtkazadi hamda ularning reytingini yuritadi. Biroq u nodavlat taʼlim tashkilotlari uchun litsenziya berish huquqiga ega boʻlmaydi. Litsenziya berish huquqi avvalgidek Oliy taʼlim vazirligi zimmasida qoladi.
Bundan tashqari, Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti ham ushbu agentlik tizimiga oʻtkaziladi.
Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori Prezident tomonidan tayinlanadi va ozod qilinadi. Uning maqomi Prezident maslahatchisi oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Farmonda keltirilishicha, agentlik taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining zamonaviy mehnat bozori talablariga mosligini oʻrganish maqsadida Umummilliy ish beruvchilar soʻrovnomasini oʻtkazadi.
Shuningdek, Prezidentning eʼlon qilingan ushbu farmonida 2025/2026-oʻquv yilidan boshlab taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatilishi belgilandi. Bu shuni anglatadiki, joriy yilda boshlanadigan qabul jarayonlarida sirtqi taʼlim shakli uchun kvota berilmaydi.
Bu talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi. Ularning hech biri sirtqiga hujjat qabul qilmaydi.
Bunday tartib hozirda sirtqi taʼlim shaklida oʻqiyotganlarga taalluqli emas. Ular taʼlim jarayonini sirtqi shaklida davom ettiraveradi.
Hujjatga binoan, sirtqi shaklining oʻrniga (kunduzgi taʼlimdan boshqa) muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari bosqichma-bosqich oshirib boriladi.
Taʼkidlanishicha, maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitishga ham ruxsat beriladi.
Oliygohlarda muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi. Yaʼni kunduzgiga 100 kishi qabul qilinsa, muqobil taʼlim shakliga 50 kishidan ortiq talaba olishga ruxsat berilmaydi.
Magistratura bosqichida muqobil taʼlim shaklida oʻqitishga yoʻlga qoʻyiladi.
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q