
Jahon
Soʻnggi yillarda odamlar ruhiy salomatlik haqida koʻproq gapira boshlashdi va bunday muammolarni hal qilishga ham eʼtibor kuchaydi. Lekin Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) hali jamiyat fikri va hukumat siyosatlarida oʻzgarishlar qilish kerakligini aytmoqda.
Taʼkidlanishicha, ruhiy salomatlikka erishish uchun faqat shifokorga borish va u yerdan davo topish tushunilmaydi. Taʼlim, ish, uy-joy va jamiyatga aralashish kabi omillar ham ruhiy salomatlikni yo barqaror qilishi yoki unga zarar yetkazishi mumkin.
Ruhiy muammolarga duchor boʻlganlarga esa yordam berish lozim. Afsuski, hamma ham ruhiyatida kechayotgan muammolar haqida gapirishni istamaydi. Shuning uchun ham JSST mutaxassislari ruhiy muammodan uyalmaslikni, aksincha agar shunday holat kuzatilsa, tezda yordam olish zarurligini taʼkidlaydi.
Statista nashri butun dunyoda odamlar ruhiy salomatlikka xavf soluvchi muammolarni qanchalik koʻp boshdan kechirayotgan davlatlarni oʻrgandi.
Diagrammaga koʻra, Shvetsiyada oʻtkazilgan soʻrovnomada respondentlarning 44 foizi oʻtgan bir yil ichida depressiya, stress yoki xavotirni boshidan kechirganini aytgan. Keyingi yuqori oʻrinlarni esa Avstraliya, AQSh hamda Buyuk Britaniya egallagan.
Hindiston, Fransiya, Italiya va Xitoyda esa bu koʻrsatkich biroz pastroq. Ammo bu raqamlar muammoning kamligi yoki umuman yoʻqligini anglatmaydi. Chunki qatnashchilarning katta qismi ruhiyatida kechayotgan muammolarni gapirishga uyalgan boʻlishi mumkin.
Jamiyat
Jahon
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q