Oʻzbekistonda bir qator hokimlar almashdi

Saqlash
15:58 / 25.11.2025 119 0

Bugun, 25-noyabr kuni Respublikaning turli hududlarida Xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman va shahar hokimlari ozgartirildi.

 

Xususan, Xalq deputatlari Gʻijduvon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Umarov Farhod Baqoyevich G’ijduvon tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, G‘ijduvon tumani kengashining viloyat hokimi Botir Zaripov ishtirokida bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan va mazkur tayinlov amalga oshirilgan.

 

Farhod Umarov mehnat faoliyatini Buxoro iqtisodiyot va bank kolleji o‘qituvchiligidan boshlab, Buxoro shahar moliya bo‘limi va viloyat moliya boshqarmasidagi rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 2015-2017 yillarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati bo‘lgan. 2017–2021 yillarda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va 2021–2024 yillarda Vobkent tumani hokimi lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Hozirgacha «G‘ijduvon» erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi direktori vazifasida ishlab kelayotgandi.

 

G‘ijduvon tumaniga 2021 yil avgustidan buyon Sherzod Ashurov rahbarlik qilib kelayotgandi.

 

 

Toshkent viloyati, Bo‘ka tumanida o‘tkazilgan Xalq deputatlari  tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Tuman hokimi lavozimida ishlab kelgan Begmatov Baxtiyor Paxriddinovich lavozimidan ozod etilib, mazkur lavozimga ayni paytda Parkent tumani hokimi vazifasida ishlab kelgan Isoqulov Sardor Dadajonovich nomzodi tavsiya etildi.

 

Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida o'tkazilgan Xalq deputatlari shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ham bugunga qadar shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xodjimanov Jamoliddin Xusniddinovich egallab turgan lavozimidan ozod etilib, Sirdaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan O‘ktamjonov Farrux O‘ktamjonovich nomzodi Guliston shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//