Adiz Muzafarovich Boboyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Saqlash
18:29 / 25.11.2025 44 0

25-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ham koʻrib chiqildi.

 

“Biz yurtimizda inson qadrini ulugʻlash, iqtisodiyotni barqaror oʻstirish orqali aholi farovonligini oshirish boʻyicha katta-katta marra va rejalarni olayapmiz. Bu ishlarni tashkil qilish uchun viloyatga zamonaviy fikrlaydigan, muammolarni tizimli tahlil qilib, innovatsion yechim bera olishga salohiyatli rahbar kerak”, — dedi Prezident.

 

Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Adiz Boboyev nomzodini tavsiya etdi. Viloyat faollarining nomzod haqidagi fikrlari tinglanib, viloyat hokimini tayinlash masalasi ovozga qoʻyildi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Adiz Boboyev viloyat hokimi etib tasdiqlandi.

 

Prezident yangi hokimga u ish oʻrni yaratish, kambagʻallikni qisqartirish, investitsiya va eksportni koʻpaytirish, tannarxni kamaytirish va energiya tejamkorlikni oshirish boʻyicha Samarqandni namunali hududga aylantirishi shartligini koʻrsatib oʻtdi.

 

1972-yilda tugʻilgan Adiz Boboyev Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida taʼlim olgan. Buxoro viloyati moliya boshqarmasida 1-toifali iqtisodchi, monopoliyaga qarshi va narx siyosati boʻlimi yetakchi iqtisodchisi boʻlib, shuningdek, boshqa lavozimlarda ishlagan. Shuningdek, Moliya vazirligi huzuridagi Respublika yoʻl jamgʻarmasi Ijroiya boshqarmasi daromadlarni prognozlash boshqarmasi boshligʻi (2008−2010), Davlat byudjeti bosh boshqarmasining jamlanma byudjet daromadlarini rejalashtirish va tahlil qilish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari (2010−2012) va Moliya vazirligi tuzilmasidagi boshqa lavozimlarda ishlagan. 2024-yil yanvargacha iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlagan. Oʻsha yil noyabrigacha esa Hisob palatasi raisi boʻlgan

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//