
Jamiyat
Prezident qarori bilan axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlar uchun jazo choralari kuchaytirilishi belgilandi.
Jumladan, Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekistonda kiberjinoyatlarga qarshi kurashish yoʻnalishida vakolatli organ boʻladi.
Qarorda oʻz kundalik faoliyatini tashkil etishda mijozlarining manfaati va moliyaviy xavfsizligini taʼminlash banklar, toʻlov tizimi operatorlari va toʻlov tashkilotlarining ustuvor vazifasi sifatida koʻrsatilgan.
Shu hisobda, endi ular axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga rioya etmasdan, kiberjinoyatga yoʻl qoʻysa va buning oqibatida mijoz moddiy ziyon koʻrsa, zarar ularning hisobidan undiriladi.
Shuningdek, kiberjinoyatni sodir etishda oʻz nomidagi bank kartasi, bank hisobraqami, SIM-kartasi hamda elektron hamyonidan foydalanishga yoʻl qoʻygan shaxslar uchun ham maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilandi.
Bundan tashqari, qarorga asosan, voyaga yetmaganlar banklarda hisobraqamlari va bank kartalarini ochishi boʻyicha talablar ishlab chiqiladi.
Banklar ota-onalarni ularning voyaga yetmagan farzandlari bilan bogʻliq shubhali (frod) operatsiyalar haqida xabardor qilish amaliyotini yoʻlga qoʻyadi.
Shubhali pul oʻtkazma amaliyotlari aniqlanganda esa unga aloqador bank kartalari ichki ishlar organlari masʼul boʻlinmalari soʻroviga asosan tezkorlik bilan bloklanadi.
Qarorda yozilishicha, Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish va raqamli tergovga koʻmaklashish markazi ham tashkil etiladi.
Kiberjinoyatlarni fosh etish, ularni tergov qilish amaliyotidagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish boʻyicha ilmiy asoslantirilgan takliflarni ishlab chiqish mazkur markazning asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻladi.
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q