
Siyosat
Bugun, 5-may kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyalarining qoʻshma yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Unda ikki fraksiya parlamentda “Taraqqiyot bloki” nomli yangi siyosiy birlashma tuzganini eʼlon qildi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur blok 93 nafar deputatni birlashtirgan holda parlamentdagi eng yirik kuchga aylanadi.
Xabarga koʻra, “Taraqqiyot bloki” mamlakatda oxirgi yillarda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy islohotlarni davom ettirish va “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
Blokning ustuvor yoʻnalishlari sifatida quyidagilar belgilangan:
▪️ milliy iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, eksport salohiyatini oshirish;
▪️ xususiy mulk daxlsizligini taʼminlash, iqtisodiy faollikni ragʻbatlantirish;
▪️ soʻz erkinligini himoya qilish, mustaqil OAVni qoʻllab-quvvatlash;
▪️ taʼlim sifati va inson kapitali rivojini taʼminlash;
▪️ tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish, tibbiy sugʻurtani joriy etish;
▪️ soliq maʼmurchiligini soddalashtirish va barqaror soliq siyosatini yuritish;
▪️ davlat xarajatlarini qisqartirish va davlat xizmatlarini raqamlashtirish;
▪️ xususiy pensiya jamgʻarmalari tizimini joriy etish;
▪️ mamlakat suvereniteti va xavfsizligini kafolatlash.
Endilikda mazkur ikki partiya dasturiy nuqtai nazardan oʻzaro yaqin boʻlib, har ikkisi siyosiy maydonda oʻng qanot partiyalari sifatida faoliyat yuritadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q