
Siyosat
Joriy yilning 2-may sanasida Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari B.Usmanov Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi O.Malginov bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Muzokaralar davomida Oʻzbekiston tomoni Rossiya tomonining eʼtiborini Rossiya Federatsiyasida Oʻzbekistondan kelgan mehnat muhojirlarining huquqlari buzilishi va ularga nisbatan qoʻpol muomala holatlari haqidagi koʻpayib borayotgan xabarlarga qaratgan.
Bunday holatlar Rossiya hududida mehnat faoliyatini olib borayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining huquq va erkinliklarini buzish hisoblanishi, bu huquq va erkinliklar esa yashab turgan mamlakat qonunchiligi asosida taʼminlanishi lozimligi taʼkidlangan.
Shu munosabat bilan, koʻtarilgan masalani sinchkovlik bilan oʻrganish va Oʻzbekiston tomonining xavotirlarini Rossiya Federatsiyasining tegishli vakolatli organlariga yetkazish zarurligi alohida qayd etilgan.
Uchrashuv yakunida Oʻzbekiston va Rossiya fuqarolarining ikki mamlakat hududidagi huquq va erkinliklarini oʻzaro taʼminlash boʻyicha yaqin hamkorlikni davom ettirishga kelishib olingan.
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q