
Jamiyat
Mudofa vazirligining 1-may kuni o‘tkazgan matbuot anjumanida “Yangi avlodga xotira maktubi” marafoni, urushga safarbar qilingan oʻzbekistonliklar haqida yangi faktlar, bayram salyuti va mushakbozligi, urush faxriylarining soni haqida ma’lumotlar berildi.
Anjumand doirasida 9-may kuni Toshkent shahrida Xotira va qadrlash kuni hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 80-yilligiga bagʻishlangan “Yangi avlodga xotira maktubi” shiori ostida 5 kilometr masofaga yugurish musobaqasi boʻlib oʻtishi ma’lum qilindi.
Yugurish musobaqasi poytaxtning “Birodarlik qabristoni” yodgorlik majmuasi va “Bunyodkor” stadioni hududlari oraligʻida oʻtkaziladi. Unda 2000 nafar ishtirokchini qamrab olish rajalashtirilgan.
Mazkur sanaga bagʻishlangan yugurish musobaqasi haqida keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari xodimlariga maʻlumot berish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida Mudofaa vazirligining navbatdagi matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda mudofaa vazirining oʻrinbosari general-mayor Xamdam Karshiyev, Mudofaa vazirligi boshqarma boshligʻi polkovnik Ulugʻbek Mamadaliyev, Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxanova hamda Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi rahbarining birinchi oʻrinbosari Botu Alimov spiker sifatida ishtirok etdi.
Ikkinchi jahon urushi insoniyat tarixidagi eng qonli urush bo‘lib, unda 70 milliondan ortiq inson halok boʻlgan, shundan 27 millioni jang maydonlarida jon bergan. Oʻzbekiston ushbu gʻalabaga salmoqli hissa qoʻshgan – 6,5 million aholiga ega respublikamizdan 1 million 951 mingdan ortiq inson frontga joʻnatilgan, ulardan 538 ming nafari halok boʻlgan.
Urush davrida Oʻzbekiston muhim front orti markaziga aylangan. Bu yerda 280 ta yangi korxona barpo etilgan, harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan, respublikamiz esa 1,5 milliondan ortiq evakuatsiya qilinganlarni, jumladan, 250 ming yetim bolani bagʻriga olgan.
Yugurish musobaqasi urush qahramonlariga, ularning jasorati, mardligi va fidoyiligiga hurmat ramzi sifatida tashkil etilib, ishtirokchilarning har bir qadami oʻz hayoti evaziga avlodlar kelajagini himoya qilganlarga bagʻishlanadi.
Ta’kidlanishicha, bu musobaqa – shunchaki sport tadbiri emas. Har bir ishtirokchi goʻyo frontdan maktub olib kelayotgan “Xotira elchisi”ga aylanadi. Bu yugurish – oʻz hayoti evaziga kelajakni himoya qilganlarning jasoratini ulugʻlash, bugungi tinchlikning qadriga yetish, yangi avlodga tarixni eslatish yoʻlidir.
Matbuot anjumanida maxsus tarzda qayta koʻrib chiqilgan harbiy qayd varaqalari asosida Oʻzbekiston zaminidan frontga 1 million 951 ming nafar yurtdoshimiz safarbar etilgani ochiqlanadi. Bugungi kunda Oʻzbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan faxriy 82 nafarni tashkil qiladi. Ularning eng ulugʻi 114 yoshni qarshilagan.
Shuningdek, matbuot anjumanida spikerlar tomonidan ommaviy axborot vositalari vakillarining savollariga javoblar berildi. Xususan, tadbir dasturi, unda ishtirok etish talablari va shartlari, sharoitlar, maxsus kiyim, yugurish yoʻli boʻylab oʻrnatiladigan badiiy koʻrgazmalar, tantanali musiqiy dasturlar, shu bilan birga, birodarlik qabrlari yonida Xotira devorining oʻrnatilishi kabi jarayonlar haqida batafsil maʻlumotlar taqdim etildi.
Musobaqadan tashqari Mudofaa vazirligi Toshkent shahri hokimligi bilan birgalikda “Yangi Oʻzbekiston” bogʻida 9-may kuni soat to‘qqizda Xotira va qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram salyuti va mushakbozligini tashkil qilishi xabar qilindi.
Ilm-fan
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q