Siyosat
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Eronning Bandar-Abbos shahridagi Shahid-Rajoiy porti hududida roʻy bergan portlash oqibatida koʻplab insonlar halok boʻlgani va jiddiy jarohat olgani, katta talafotlar koʻrilgani munosabati bilan mamlakat yetakchisi Masʼud Pezeshkiyonga taʼziya maktubini yoʻlladi.
Shavkat Mirziyoyev vafot etganlarning yaqinlariga sabr-toqat va bardamlik, jarohat olganlar tez fursatda shifo topishini tilagan.
Maʼlumot uchun, kecha, 26-aprel kuni Eronning Bandar-Abbos shahri yaqinidagi Shahid-Rajai portida kuchli portlash sodir boʻldi.
Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida vafot etganlar soni 14 kishiga yetgan, yana 750 nafardan ortiq kishi jarohatlangan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi aytilmoqda.
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
109713
Jamiyat
94094
Jamiyat
89877
Jamiyat
73069
Jamiyat
//
Izoh yo‘q