
Ilm-fan
Olimlari tomonidan Misrda bundan 3200 yil oldin tuzilgan ishchilar jadvali topilgani maʼlum qilindi.
U miloddan avvalgi 1250-yillar atrofida, firʼavn Ramzes II davrida “ostrakon” deb ataluvchi ohaktoshga oʻyib yozilgan boʻlib, unda ishchilarning ishga kelib-ketishi hisoboti yuritilgan.
Tosh Deir el-Medina degan joyda aniqlangan. Bu hududda ushbu davrda qirollik qabristonlarini (masalan, Firʼavnlar vodiysi) quruvchi usta va ishchilar yashagan.
Jadvalda 40 nafar ishchining ismi va ularning ishga kelmagan kunlari keltirilgan. Ajablanarlisi, hujjatda ularning ishga chiqolmaganiga sabab boʻlgan (hayratlanarli) omillar ham koʻrsatib oʻtilgan.
Masalan, Huynefer degan ishchi koʻz ogʻrigʻi tufayli, Pennub onasi ogʻrib qolgani sababli ishga chiqmagan.
Seba ismli ishchini esa chayon chaqib olgan. Shu tufayli u ish kelolmagan.
Bundan tashqari, oʻsha zamonda pivo muhim ichimlik boʻlgani uchun baʼzi ishchilar uni tayyorlash uchun ham uyda qolgan va ishga bormagan.
Oila aʼzolarining dafn marosimida ishtirok etayotgan, jumladan, ularni mumiyolayotganlar ham ishga chiqolmagan.
Maʼlumot uchun, hujjat qadimgi Misrning ieratik bitiklarida yozilgan boʻlib, bunda qora va qizil siyohdan foydalanilgan.
Mazkur yozma manba ishchilar har bir kuni roʻyxatga olinganini va ular intizomiy nazorat qilinganini anglatadi.
Bugungi kunda ushbu ohak tosh Britaniya muzeyida saqlanmoqda. U tarixiy jihatdan juda muhim topilma hisoblanadi. Chunki unda qadimgi jamiyatlarda mehnat madaniyati, ish intizomi va insoniy omillar qay tartibda eʼtiborga olingani asosli faktlar bilan koʻrsatib oʻtilgan.
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q