
Ilm-fan
Nature Human Behaviour jurnalida eʼlon qilingan maqola albatta kishini oʻylantirib qoʻyadi. Chunki gadjetlar paydo boʻlgandan to hozirgi taraqqiyot bosqichigacha koʻtarilgunga qadar ularning zarari, miyani zaiflashtirishi va yana boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishi haqidagi xabarlarni yetarlicha eshitdik, oʻqidik. Ammo endi bu qarashlar eskirganga oʻxshaydi.
Gap shundaki, yaqinda gadjetlar, masalan, kompyuter, smartfon, bundan tashqari, internet inson miyasini tez qarishdan saqlab qolishi olimlar tomonidan isbotlangan.
Buning uchun 57 ta ilmiy ish tahlil qilinib va 50 yoshdan oshgan 411 ming nafardan ortiq ishtirokchi (ularning oʻrtacha yoshi 68,7) tadqiqotlarga jalb etilgan.
Natijalarga koʻra, raqamli texnologiyalardan foydalanish kognitiv zaiflashuv xavfini 58 foizga kamaytirishi, shuningdek, vaqt oʻtishi bilan miyaning qarib, yaxshi ishlamay qolishini jarayoni(demensiya)ni 26 foizga sekinlashtirishi isbotlangan.
Taʼkidlash lozim, respondentlarning koʻrsatgan natijalari ularning yoshi, jinsi, sogʻligi, taʼlim darajasi bilan ham bogʻliq emas ekan.
Ushbu yangilik azaldan kelayotgan “raqamli demans” gʻoyasini rad etishga va “texnologik zaxira” (texnologiyalar bilan faol shugʻullanish miyaning sogʻlomligini saqlashga yordam berishi) nazariyasini qoʻllab-quvvatlashga undaydi.
Mutaxassislar bu natijalarni ijobiy baholash bilan birga texnologiyalardan qanday va qachon foydalanish muhimligini ham taʼkidlamoqda. Masalan, faqat passiv ravishda ekranga qarab oʻtirish emas, balki faol ishtirok etishgina misol uchun, yangilik oʻqish, doʻstlar bilan muloqot qilish) miyaning faoliyatini kuchaytiradi. Biroq shunda ham zoʻriqib ketmaslik zarur.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q