
Madaniyat
TURKSOY tashkiloti mukofotlari bilan oʻzbekistonlik bir guruh soha vakillari taqdirlandi.
Jumladan:
TURKSOY tashkilotining Oltin medali bilan:
▪️ Ahmedov Bahodir Madjitovich – Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari;
▪️ Abdurahmonov Shuhratbek Qoʻshaqboyevich – Andijon viloyati hokimi.
TURKSOY tashkilotining Faxriy medali bilan:
▪️ Sayfullayev Nodirbek Baxtiyorovich – Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori;
▪️ Sattorova Marhaboxon Gʻulomovna – Andijon viloyati madaniyat boshqarmasi boshligʻi.
TURKSOY tashkilotining Faxriy nishoni bilan:
▪️ Madraximova Ziyoda Ubaydullayevna – Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi “Bahor davlat raqs ansambli” davlat muassasasi badiiy rahbari;
▪️ Joʻrabayev Charos Hosiljanovna – Tumor raqs ansambli badiiy rahbari;
▪️ Latipov Azizxon Gʻaybullayevich – Muqumiy nomidagi Oʻzbekiston davlat musiqali teatri aktyori;
▪️ Shomurodova Mohichehra – Yunus Rajabiy nomidagi Oʻzbek milliy maqom sanʼati instituti oʻqituvchisi.
Mukofotlar TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev tomonidan topshirilgan.
Taqdirlash marosimi 15-aprel sanasida “Madaniyat va sanʼat xodimlari kuni” munosabati bilan Andijon viloyatida tashkil etilgan tadbirda boʻlib oʻtdi.
Shuningdek, marosim davomida sohada fidokorona mehnat qilayotganlarni ragʻbatlantirish maqsadida respublika boʻylab 60 nafarga yaqin soha vakillariga “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni taqdim etildi.
60 nafarga yaqin “Madaniyat va sanʼat fidokori” koʻkrak nishoni olganlar orasida TURKSOY Bosh kotibi Sulton Rayev ham bor.
Siyosat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q