Jamiyat
Jamiyat
Xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatga jalb etish maqsadida Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida yer maydoni 50 gektardan kam bo‘lmagan zamonaviy kinoshahar tashkil etish rejalashtirilmoqda.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini 2022-yilda amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” loyihasiga ko‘ra, kinoshaharlarni tashkil qilish va faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijiy mutaxassislar va tashkilotlarni jalb qilgan holda jahon tajribasini o‘rganish va natijalari bo‘yicha kinoshahar konsepsiyasini ishlab chiqish mo‘ljallangan.
Mamlakatda milliy filmlar namoyishi va targ‘ibotini yuqori saviyada tashkil qilish, filmlarni ommalashtirish, milliy kinoprokat tarmog‘ini yaratish ham ko‘zda tutilmoqda.
Bunda, respublikaning har bir tuman (shahar) kesimida filmlar namoyishini nazarda tutuvchi “Kinokarvon” faoliyatining reja jadvali tasdiqlanadi, ta’lim muassasalarida, harbiy qismlarda va ish rejimi vaxta usulida tashkil etilgan yirik korxonalarda milliy kino mahsulotlarining namoyishi tashkil etiladi, respublika bo‘ylab filmlar targ‘ibotini tashkil qilish va ommalashtirish bo‘yicha reklama kompaniyasi tizimli tashkil qilinadi, jahon tajribasi qo‘llaniladi, mamlakatdagi kinoteatrlar yagona tarmoqqa ulanadi, filmlar onlayn yetkazib beriladi, namoyish etiladi va hisoboti yuritiladi.
Bundan tashqari, respublikada milliy multiplikasiya industriyasi shakllantiriladi va jadal rivojlantiriladi. Kinematografiya agentligi huzurida “O‘zbekmultfilm” studiyasi tashkil qilinadi, faoliyati jahon tajribasi asosida yo‘lga qo‘yiladi, mahalliy va xorijiy mutaxassislar jalb qilinadi. Xorijiy animasiya studiyalari bilan muzokaralar olib borilib, mahalliy mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha tajriba almashiladi, o‘quv kurslari tashkil qilinadi.
Shuningdek, xususiy animasiya studiyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga imtiyozlar berish va subsidiyalar ajratish tizimlarini amaliyotga tatbiq etish mo‘ljallangan. Animasiya yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan nodavlat tashkilotlar, studiyalar va kompaniyalarga davlat buyurtmasini berish bo‘yicha tizimli ishlar yo‘lga qo‘yiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q