Siyosat
Endilikda jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolar ozodlikka chiqqach tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni istasa, ularga davlat tomonidan bir martalik yordam paketi beriladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni loyihasida so‘z boradi. Farmon o‘tgan yilning 30-dekabr kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirildi.
Farmon loyihasiga ko‘ra, jazoni o‘tab bo‘lgan fuqarolarning kelgusida jamiyatda o‘z o‘rnini topishiga amaliy ko‘maklashish uchun “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimi joriy qilinadi. Ushbu tizim doirasida jazoni o‘tab bo‘lgan va o‘zining aniq loyihasini (tadbirkorlik, ishlab chiqarish, me’morchilik va h.k.) taqdim etib, mustaqil faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan fuqarolarga bir martalik moddiy yordam berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Farmonga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi ikki oy muddatda “dastlabki ijtimoiy-moddiy yordam paketi”ni berish tizimini ishga tushirishni nazarda tutuvchi qaror loyihasini Vazirlar Mahkamasi kiritishi kerak.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
110720
Jamiyat
94438
Jamiyat
90343
Jamiyat
74187
Jamiyat
//
Izoh yo‘q