Jahon
Buyuk Britaniyaning ommabop “The Independent” onlayn-nashri saytida “2022-yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi joylar” sarlavhali maqola eʼlon qilindi. Nashr tahririyati ushbu sohaga ixtisoslashgan jurnalistlarning tavsiyalari asosida sayohat qilish uchun eng ommabop 10 ta yoʻnalish sanab o'tilgan.
Ushbu roʻyxatga Normand orollari, Shimoliy Irlandiya, Kanada, Ispaniya, Italiya, Turkiya, Misr, Butan va Oʻzbekiston kiritilgan.
Nashrning sayyohlik boʻyicha muharriri Helen Koffi ushbu roʻyxatdan oʻrin olgan Oʻzbekiston haqida toʻxtalar ekan, Ipak yoʻlining madaniy va tarixiy jihatdan qoq markazida joylashgan, boy merosga ega mamlakatga sayohat qilish taassurotlarga boy boʻlishini taʼkidlagan.
Oʻzbekiston bir necha yil avval Buyuk Britaniya fuqarolariga viza talablarini yengillashtirgani, endi ular mamlakatda vizasiz 30 kungacha boʻlib turishi mumkinligi qayd etilgan.
Muallif Oʻzbekistonga safarni rejalashtirayotganda oʻz oʻquvchilariga joriy yil oʻtkazilishi rejalashtirilgan xalqaro festivallar va boshqa yirik madaniy tadbirlarni oʻz jadvaliga kiritishni maslahat bergan. Uning aytishicha, ushbu madaniy tadbirlar, albatta, sayyohlar orasida katta qiziqish uygʻotadi.
Helen Koffi Xivada oʻtkaziladigan “Lazgi” xalqaro raqs festivali, Moʻynoqdagi “Stixiya” musiqa festivali, Qoʻqonda uyushtiriladigan lavanda festivali, Samarqandda har ikki yilda boʻlib oʻtadigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali, Toshkent va Buxorodagi “Ipak yoʻli” adabiy festivali, Qoʻqon hunarmandlar xalqaro festivali va Toshkent xalqaro kinofestivalini sanab oʻtgan.
Bundan tashqari, sanʼat va meʼmorchilik ixlosmandlari eʼtibori bu yil ochilishi kutilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va qayta taʼmirlangan Davlat sanʼat muzeyiga ham qaratilgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q