
Ilm-fan
Oʻzbekiston musulmonlari idorasida boʻlib oʻtgan ishchi guruh yigʻilishida Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Qurʼon zali ekspozitsiyasini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beriladi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy sahifasida.
Amir Temur hukmronligi davrida xattot Umar Aqto tomonidan koʻchirilgan Qurʼoni Karim qoʻlyozmasi ulkan hajmi va noyob husnixati bilan ajralib turadi. Maʼlum boʻlishicha, Markaz ilmiy xodimi, xattot Najmiddin Fayoziy AQSHning Metropolitan muzeyida saqlanayotgan mazkur Amir Temur Qurʼoni sahifalari asosida yangi nusxani yaratish ustida ish olib bormoqda.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi professori, filologiya fanlari doktori Aftondil Erkinov AQSHning Metropoliten muzeyida saqlanayotgan Amir Temurning nabirasi Ibrohim Sulton tomonidan koʻchirilgan Qurʼoni karim qoʻlyozmasining Faksimiliy nusxasini yaratish va uni ekspozitsiyada namoyish etish loyihasi ustida olib bormoqda.
“Bu qoʻlyozmani Ibrohim Sulton koʻchirgan. U oʻzi umri davomida 4-marta qoʻlyozma koʻchirgan boʻlsa, bu nusxa ulardan biri sanaladi”– deydi Aftondil Erkinov. Unga koʻra, mazkur qurʼonda nafaqat oʻsha davrdagi sanʼat namunasini koʻrish, balki ilmiy jihatdan ham oʻziga xosliklar mavjud. Chunki uning hoshiyalarida baʼzi maʼlumotlar, izohlar ham bor.
AQSHdagi Metropoliten muzeyida shuningdek, Amir Temur Qurʼoni qoʻlyozmasi sahifalari ham saqlanadi. Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy xodimi xattot Najmiddin Fayoziy mazkur sahifalar asosida Amir Temur Qurʼoni qoʻlyozmasining toʻliq variantini koʻchirib, alohida kitob holiga keltirish loyihasini muvofiqlashtiruvchisi sanaladi.
Xattotga koʻra, muzeydagi ikki sahifa asosida toʻliq Qurʼoni karimni shakllantirish, Amir Temir kabi Qurʼoni karim ham yuksak darajada ekanini koʻrsatib berish vazifasi topshirilgan. Bunda sof qogʻozlarni qoʻllanilib, kamida 1 kg tillodan foydalaniladi va naqshlari zarhalda boʻladi. Chunki hajmi 2 metrdan ziyod boʻlgan ikki sahifaga qarasak, 1 sahifaning oʻzida ham koʻp qismlarida oyat belgilari yoki jadvallarda haqiqiy oltin ishlatilgan. Uning keyingi avlodlarga ham qoldirish koʻzda tutilib, chidamlilik darajasiga alohida eʼtibor qaratilib, 500-600-yilga yetadigan darajadagi siyohlardan foydalaniladi.
“Oʻzbekistonda 100 ga yaqin qoʻl yozma fondlari bor. Lekin ularning qaysilarida qanchadan Qurʼon bor, eng noyoblari qaysilardan iborat, degan savollarga hali aniqlik kiritilmadi. Mana shu loyiha doirasida 2-yil davomida ularning roʻyxati va reyestri shakllantirilib, eng noyoblari saralab olinib, ekspozitsiyaga qoʻyiladi” – deydi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar fondi mudiri Sharifjon Islomov.
Ilm-fan
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q