Jamiyat
Urganch va Nukus shaharlari aeroportlarda kuchli tuman tufayli parvozlar kechiktirildi. Bu haqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 3-dekabr kuni kechasi Urganch va Nukus aeroportlarida yomon ob-havo tufayli ko‘rish imkoniyati yomonlashgani bois samolyotlar uchish va qo‘nishni amalga oshira olmagan.
Qayd etilishicha, quyuq tuman tufayli Urganch aeroportida ko‘rish imkoniyati 200 metrni tashkil etgan. Moskvadan AFL-1976 qatnovini amalga oshirishi kerak bo‘lgan samolyot soat 03:25 da Sheremetyevo aeroportidan ucha olmagan.
Xuddi shunday holat yana ikkita qatnovda kuzatilgan. Jumladan, soat 04:35 dagi SBI6481 Samara–Urganch qatnovi hamda soat 03:30 dagi SVR2473 qatnovi Sankt-Peterburgdan uchib keta olmagan.
Samolyotlar ob-havo sharoiti yaxshilangunga qadar Urganch uchish aeroportida qolmoqda.
Shu bilan birga, ko‘rish masofasi 200 metr bo‘lgan quyuq tuman Nukus aeroporti faoliyatini ham cheklagan.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q