Jamiyat
Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 5 kishi vafot etdi, deya xabar bermoqda IIB axborot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 1 yanvar kuni soat 13:00 larda M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Dehqonobod tumanidan o‘tgan qismida odamlar o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
1990 yilda tug‘ilgan haydovchi A.M. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, yomg‘ir yog‘ayotganini inobatga olmasdan, katta tezlikda harakatlangan. Natijada mashina boshqaruvini yo‘qotib, beton to‘siqqa urilgan.
Oqibatda, haydovchi A.M. hamda ushbu mashinada bo‘lgan to‘rt nafar yo‘lovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Xabarga ko‘ra, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Dehqonobod tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q