
Iqtisod
Markaziy bank asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Markaziy bank boshqaruvi inflyatsion bosimlarning yuqori darajada saqlanib qolishi, talabning barqaror oʻsib borishi va inflyatsion kutilmalarning kuchayishi fonida pul-kredit siyosatida qatʼiylik darajasini oshirishga qaror qildi.
Bank bayonotiga koʻra, ushbu qaror kelgusi oylarda kutilayotgan inflyatsion xatarlarni inobatga olib, inflyatsion kutilmalarni jilovlash, oʻrta muddatli istiqbolda inflyatsiya darajasini 5 foizlik targetga erishish uchun yetarli sharoitlar yaratishga qaratilgan. 2025-yil boshidan umumiy inflyatsiya darajasida biroz oʻsish kuzatilib, fevral oyi yakunlari boʻyicha yillik 10,1 foizni tashkil etgan.
Yil boshidan asosiy savdo hamkorlar valyutalarining mustahkamlanishi taʼsirida real samarali almashuv kursi pasayish tendensiyasini namoyon boʻlgan. Iqtisodiyotdagi inflyatsion jarayonlarni maqbullashtirish hamda yalpi talab va taklif orasidagi muvozanatni taʼminlash pul-kredit sharoitlari qatʼiylik darajasini oshirishni taqozo etgan.
Yuqoridagi omillarni hisobga olgan holda, Markaziy bank boshqaruvi oʻrta muddatli istiqbolda narxlar barqarorligini taʼminlash maqsadida asosiy stavkani 0,5 foiz bandga oshirib, yillik 14 foiz darajasida belgilash toʻgʻrisida qaror qabul qilgan.
“Pul-kredit sharoitlarining qatʼiylashtirilishi umumiy talabni muvozanatli shakllanishiga va narxlarga oshiruvchi omillar taʼsirini kamaytirishi orqali kelgusi choraklarda inflyatsion jarayonlarning maʼlum darajada sekinlashishiga xizmat qilib, yil yakuni boʻyicha umumiy inflyatsiyani 7-8 foizgacha pasayishiga zamin yaratadi”, deyiladi bank xabarida.
Asosiy stavkani koʻrib chiqish boʻyicha Markaziy bank boshqaruvining navbatdagi yigʻilishi 2025-yil 24-aprel kuniga belgilangan.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q