Toshkentda fransuz filmlari festivali bo‘lib o‘tadi

Saqlash
13:46 / 23.03.2025 222 0

Toshkent shahri, Milliy kino san’ati saroyida fransuz tilidagi filmlar festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi telegram sahifasida ma’lum qildi.

 

Qayd etilishicha, 20-fevraldan boshlab butun dunyoda, jumlaadan, an’anaviy tarzda O‘zbekistonda ham fransuz tili va frankofoniya madaniyatiga bag'ishlangan turli tadbirlar o'tkaziladi.

 

Shu munosabat bilan, Fransiya elchixonasi Ruminiya, Shveytsariya va Belgiya elchixonalari bilan hamkorlikda 2025-yilning 24-27-mart kunlari Alisher Navoiy nomidagi kino saroyida boʻlib oʻtadigan fransuz tili filmlari festivalini keng jamoatchilikka taqdim etadi.

 

Filmlar asl nusxada, fransuz tilida ruscha subtitrlar bilan namoyish etiladi. Film namoyishlari 19:00 da boshlanadi.

 

Filmlar jadvali:

 

  • 24 mart – “Sent-Ekzyuperi” filmi (Fransiya)
  • 25 mart – Yaxshi yigitlar jannatga tushadilar (Ruminiya)
  • 26 mart – “Mehribonlar” filmi (Belgiya)
  • 27 mart - "O'zgarishlar shamoli" filmi (Shveytsariya)

 

E'lon qilingan barcha seanslarga kirish bepul!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//