
Jamiyat
Markaziy Osiyoda Qozogʻiston 43-oʻrin bilan eng baxtli mamlakat boʻldi.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xalqaro baxt kuniga bagʻishlangan navbatdagi hisobotini eʻlon qildi. Unda odatdagidek, eng baxtli mamlakatlar reytingi keltirilgan. Reytingda Finlandiya ketma-ket sakkizinchi yil yetakchilik qilmoqda.
Oʻzbekiston baxtlilik darajasi boʻyicha 53-oʻrinni egalladi. Qozogʻiston 43-oʻrinda, Qirgʻiziston 75-oʻrinda, Tojikiston 90-oʻrinda qayd etildi. Turkmaniston roʻyxatga kiritilmagan.
Reyting 140 dan ortiq mamlakat aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan Gallup World Poll soʻrovi asosida tuziladi. Unda soʻnggi uch yildagi hayot sifatiga qarab davlatlarning baxtlilik darajasi baholanadi.
Hujjatni ishlab chiqishda ekspertlar asosan aholi daromadlari, sogʻliq, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, bandlik va korrupsiya darajasi kabi koʻrsatkichlarni hisobga oladi. Bundan tashqari, reytingda mamlakatda fuqarolik erkinliklari, xavfsizlik va kelajakka ishonch hissi mavjudligi, shuningdek, oilalarning barqarorligi koʻrsatkichlari ham inobatga olinadi.
Shimoliy Yevropa davlatlari reytingda yetakchilikni davom ettirmoqda. Finlandiyadan keyin roʻyxatdan Daniya, Islandiya va Shvetsiya joy olgan. Norvegiya bu yil yettinchi oʻrinni egalladi.
Lotin Amerikasining ikki mamlakati – Kosta-Rika (oltinchi oʻrin) va Meksika (10-oʻrin) birinchi marta eng baxtli mamlakatlar oʻntaligiga kirdi. Shuningdek, kuchli oʻnlikdan Niderlandiya (beshinchi), Isroil (sakkizinchi) va Lyuksemburg (toʻqqizinchi) joy oldi.
AQSh 2024-yilda birinchi marta dunyoning eng baxtli 20 ta mamlakati roʻyxatidan tushib qolgandi, 2025-yilda esa mamlakat 24-oʻrinni egalladi. Rossiya 66-oʻringa koʻtarildi, oʻtgan yili u 72-oʻrinda edi.
Eng baxtsiz mamlakatlar sifatida Serra-Leone, Livan, Malavi va Zimbabve tan olingan. Afgʻoniston ketma-ket oltinchi yil reytingga yakun yasamoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q