TEMU marketpleysi Oʻzbekistonda soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi

Saqlash
09:30 / 19.03.2025 499 0

TEMU marketpleysi Oʻzbekiston Respublikasi rezidenti sifatida roʻyxatdan oʻtib, yuridik shaxsga aylandi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi xabar berdi.

 

Rasmiy axborotda aytilishicha, oʻtgan davrlar uchun marketpleys bilan muhokama qilinadigan masalalar hali ham bor. Hozir bu borada muzokaralar olib borilmoqda. Jarayon yakuniga yetkazilgach, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa eʼlon qilinadi.

 

Avvalroq Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi mamlakat fuqarolarini platforma orqali buyurtma berishni toʻxtatishga chaqirgan edi. Xorijiy TEMU elektron savdo platformasi Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotgani aniqlanib, mamlakat qonunchiligi talablariga muvofiq, 2025-yil 20-martdan boshlab “TEMU” platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanishi maʼlum qilingan edi.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//