Buxoroning ikki tumanida “Ma’naviyat maskani” ochildi

Saqlash
02:50 / 31.12.2021 1166 0

 

Yangi yil arafasida Jondor tumanida zamonaviy va barcha qulayliklarga ega “Ma’naviyat maskani” binosi foydalanishga topshirildi. Mahmud Torobiy nomidagi harbiy-vatanparvarlik bog‘i hududidagi muhtasham binoda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘limi, majlislar zali hamda zamonaviy jihozlangan kutubxona joylashgan.

 

Maskanning ochilish marosimida Jondor tuman hokimi S.Hikmatov, Oliy majlis Qonunchilik palatasi deputati J.Shirinov, Respublika Manaviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari M.Pardayeva, sektor rahbarlari, ma’naviyat targ‘ibotchilari, mahalla faollari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

 

Maskandagi yana bir e’tiborga molik jihat shuki, zal bo‘ylab mumtoz musiqalar, o‘zbek adabiyoti namunalari eshittirib turiladi. Endilikda mazkur audiofayllarni harbiy-vatanparvarlik bog‘iga ham yo‘naltirish ko‘zda tutilgan.

 

– Bunday qulaylik bizga kuch va ilhom bag‘ishlaydi, – deydi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari Lola Ergasheva. – Yaqin istiqbolda milliy qadriyatlarimizni yanada rivojlantirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan foydalangan holda “Ma’naviyatga yo‘l” ruknlarni tashkil etish, yoshlarning adabiyot va san’atga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida “Adabiyot olamiga sayohat” kabi turli loyihalar, dasturlar va tanlovlarni o‘tkazishni maqsad qilganmiz.

 

Shuningdek, Qorovulbozor tumanida ham “Ma’naviyat maskani” ishga tushirildi. Ochilish marosimida tuman hokimi Akmal Ostonov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari Marhabo Pardayeva so‘zga chiqib, ushbu maskan tumanda ma’naviyatning o‘rni va nufuzini oshirishga xizmat qilishi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Tadbir davomida tumandagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Barkamol avlod bolalar maktabi” ijodkor yoshlari tomonidan qilingan ishlar va harbiy qismlarning qurol-yaroqlar ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//