Jamiyat
Hukumat qarori (785-son, 29.12.2021-y.) bilan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Fuqarolarni doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olish, bekor qilish va vaqtincha turgan joyi boʻyicha roʻyxatga olish xizmatlari migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalari, davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona ijtimoiy davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.
Roʻyxatga olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar roʻyxatidan uy-joy hujjatlari chiqarib tashlandi. Doimiy roʻyxatga olish rasmiylashtirilganda QR-CODE bilan himoyalangan qayd varagʻi beriladi.
Fuqaroning doimiy roʻyxatga olinishini bekor qilish asoslari belgilandi:
– bir manzildan boshqa manzilga roʻyxatga olinganda;
– mulkdor arizasiga koʻra;
– mulkdor oʻzgarganda;
– sudning fuqaroni uy-joydan foydalanish huquqini yoʻqotgan, shaxsni bedarak yoʻqolgan deb topish va koʻchirish haqidagi qarori asosida;
– fuqaro xorijga doimiy yashashga ketganida;
– soxta hujjatlar asosida roʻyxatga olinganlik aniqlanganda;
– umrbod ozodlikdan mahrum etilganda;
– vafot etganda.
Ushbu nizom Toshkent shahri va Toshkent viloyati uchun tatbiq etilmaydi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q