Navroʻz arafasida Qozogʻiston–Oʻzbekiston sayyohlik yo‘nalishi tashkil etiladi

Saqlash
09:38 / 04.02.2025 49 0

Navroʻz bayrami arafasida Qozogʻistondan Oʻzbekistonga sayyohlik poyezdi tashkil qilinishi mumkin.

 

Uchinchi transchegaraviy sayohat 2025-yil 20-25-mart kunlari rejalashtirilgan. Bu esa yoʻlovchilarga Navroʻzni bir vaqtning oʻzida ikki mamlakatda nishonlash imkonini beradi.

 

“Olma-ota – Turkiston – Toshkent – ​​Samarqand – Taraz – Olma-ota” yoʻnalishi boʻyicha xalqaro sayohat davomiyligi besh kunni tashkil etadi.

 

Sayohatchilar bu muddat oraligʻida qadimiy shaharlar muhitiga shoʻngʻish, Ipak yoʻlining maʼnaviy merosi bilan tanishish, ikki davlatning diqqatga sazovor joylariga sayohat qilish imkoniyatiga ega boʻladi.

 

“Sayyohlar sharqona mehmondoʻstlik muhitini ham his qilishlari mumkin. Ekskursiya dasturidan etnoovulda bayram tadbirlari – konsert dasturi, milliy marosimlar va anʼanaviy taomlardan tatib koʻrish oʻrin olgan”, deyiladi xabarda.

 

Taʼkidlanishicha, tadbirda turistlarga qulaylik yaratish maqsadida ular gid, zamonaviy vagonlarda qulay yashash sharoitlari, ovqatlanish va ekskursiyalar bilan taʼminlanadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//