Jizzax viloyati hokimining sobiq oʻrinbosari Akram Rahmonqulov ozodlikdan mahrum qilindi

Saqlash
21:47 / 29.12.2021 882 0

Jizzaxda qurilish sohasidagi tender savdolarining tanish-bilishchilik asosida berilgani holati yuzasidan viloyat hokimining sobiq oʻrinbosari Akram Rahmonqulov, uning bir qator qarindoshlari hamda bir guruh shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan edi.

 

Ushbu jinoyat ishi Toshkent viloyat sudining jinoyat ishlari boʻyicha sudyasi S. Ashirmatov raisligida koʻrib chiqilib, hukm eʼlon qilindi.

 

Jizzax viloyati hokimining sobiq oʻrinbosari Akram Rahmonqulov Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, «v» bandlari, 184-moddasi 3-qismi, 189-moddasi 1-qismi, 205-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari, 207-moddasi 1-qismi, 209-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari va 243-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 7 yil 6 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi hamda bazaviy hisoblash miqdorining 500 baravari miqdorida yaʼni, 111 500 000 soʻm jarima jazosi tayinlandi.

 

Shuningdek, sud hukmi bilan 20dan ortiq shaxslarga turli jazolar tayinlandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//