Jamiyat
Oʻtgan hafta ijtimoiy tarmoqlarda Sirdaryo viloyati hokimligi tomonidan 477,9 mln soʻmga “KIA Sorento Comfort” xizmat avtomobili xarid qilingani keng muhokamalarga sabab boʻlgan edi. Keng jamoatchilik fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, hokimlik hamda avtomobil yetkazib beruvchi avtosalon oʻrtasida tuzilgan shartnoma bekor qilingan. Bu haqida viloyat axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, qaytarilgan mablagʻ “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan.
«Mazkur mablagʻlar mahalliy byudjetga tiklangan holda viloyatdagi ehtiyojmand, ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bor, boquvchisini yoʻqotgan oilalarni yanada qoʻllab-quvvatlash uchun «Saxovat va koʻmak» jamgʻarmasiga yoʻnaltirildi», deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112210
Jamiyat
94887
Jamiyat
90976
Jamiyat
75754
Jamiyat
//
Izoh yo‘q