Jamiyat
Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari Alisher Qodirov “Oʻzbekiston havo yoʻllari”ni til masalasida tanqid qildi.
Maʼlum boʻlishicha, “Milliy tiklanish” DP MK raisi Xorazmda saylovchilar bilan uchrashuv oʻtkazgan. Unda kun mavzusi turizm boʻlgani sababli ish uchoqlarning ichini tekshirishdan boshlangan.
“Turizmni rivojlantirish faqat pul topish emas, oʻzligimizni targʻib qilish ham boʻlishi kerak”, deb yozadi Qodirov.
U “Oʻzbekiston havo yoʻllari” nega yoʻlovchilarga uch tilda xizmat qiladi?” degan savolni oʻrtaga tashlar ekan oʻzbek tilida maʼlumot yetishmasligiga eʼtibor qaratgan.
“Uchoqni(ng) 20 foizi ingliz, qolgan 75 foizi oʻzbek tilini tushunadi. 5 foiz tasodiflar boʻlishi mumkin. Milliy aviakompaniya nima uchun bir uchoq odamni(ng) qoʻshimcha vaqtini oladi?”, deydi Qodirov.
Partiya yetakchisining qoʻshimcha qilishicha, hamma joyda maʼlumotlar uchta tilda, lekin avariya holatida uchoqdan chiqish eshiklaridan foydalanish haqidagi juda muhim qoʻllanma ikki: rus va ingliz tilida berilgan.
“Milliy kompaniyada biroz milliy gʻurur boʻlishi kerak, davlat tili va keng qoʻllaniladigan xalqaro tillardan bittasi ishlatilsa, vaqt ham tejalar edi”, deydi Spiker oʻrinbosari.
U kompaniya davlat tili va vaqtga munosabatni oʻzgartirishi kerakligini taʼkidlaydi.
Siyosat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
109962
Jamiyat
94287
Jamiyat
90140
Jamiyat
73399
Jamiyat
//
Izoh yo‘q