Toshkentdagi qurilishda o‘quv mashg‘ulotlariga mo‘ljallangan ikkita snaryad topildi

Saqlash
10:42 / 29.12.2021 797 0

Ijtimoiy tarmoqlar orqali qurilish bo‘layotgan obektda ikkita artilleriya aslahasi topilgani to‘g‘risidagi video tarqaldi.

 

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB tekshiruv olib borgan.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 2021 yil 27 dekabr kuni 102 raqamiga 26 yoshli Qashqadaryo viloyatilik Shuhrat T.dan xabar kelib tushgan. U tanishi 29 yoshli Aliakbar M. bilan birgalikda Yakkasaroy tumanida qurilayotgan ob’ekt hududida shubhali, artilleriya aslahalariga o‘xshash zanglagan buyumlar topgan. U fuqarolik mas’uliyatidan kelib chiqib tezkor xizmatlarga xabar bergan.

 

Ko‘rsatilgan manzilga Toshkent shahar IIBB xodimlari IIVning maxsus mutaxassislari bilan birgalikda yetib kelgan. Tekshiruv o‘tkazilgach, topilgan buyumlar o‘quv mashg‘ulotlari davomida foydalanishga mo‘ljallangan ikkita 115 mm.lik o‘quv snaryadi va ikkita 82 mm.lik o‘quv minomyoti ekanligi ma’lum bo‘ldi.

 

Mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlari davom etmoqda. 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//