Ishxonada telefondan foydalanishni taqiqlash ish va hayotdagi ziddiyatni kuchaytiradi

Saqlash
16:25 / 17.01.2025 89 0

Ishxonada smartfondan vaqti-vaqti bilan foydalanib turish xodim uchun anchagina foydali hisoblanadi.

 

Mutaxassislarning fikriga koʻra, xodimlarga ish joyida shaxsiy smartfonlaridan foydalanishga ruxsat berish ularning mehnat unumdorligiga taʼsir qilmaydi, aksincha bu stressni kamaytirishga yordam beradi.

 

“Telefonni taqiqlash ish va hayotdagi ziddiyatni kuchaytirishi mumkin. Bu esa oʻz navbatida samaradorlik, ishdan qoniqish, faollik va umumiy farovonlikka sezilarli taʼsir koʻrsatadi”, deydi mutaxassislardan biri.

 

Olimlar global farmatsevtika kompaniyalarining birida asosiy xulosaga kelish uchun eksperiment oʻtkazgan. Chunki tanlab olingan firma 1990-yillarda xavfli kimyoviy moddalar bilan ishlash vaqtida chalgʻiganligi sababli sogʻliq va xavfsizlik nuqtai nazaridan xodimlarning oʻz shaxsiy telefonlaridan foydalanishlarini taqiqlagan edi. Faqatgina yuqori lavozimdagi rahbarlarga shaxsiy mobil telefonlarini ishga olib borishga ruxsat berilgan.

 

Xabarda yozilishicha, bora-bora xodimlar taqiqdan norozi boʻlgan. Ular bu cheklov tufayli oʻzlarini bir-birlaridan uzilib qolayotgandek his qilishlarini maʼlum qilgan.

 

Kuzatuvchilar yakunda mazkur tashkilotni “texnofobik filial” deb atagan va aynan mana shunday qoʻrquv tufayli tashkilot boshqa raqobatchilaridan orqada qolib ketayotganini aniqlagan.

 

Ish joyida telefondan foydalanish ish sifatiga qanday taʼsir qilishini bilish maqsadida tadqiqotchilar yana 40 nafarga yaqin xodimni 1-yil davomida kuzatgan. Ajablanarlisi, ishxonada telefonidan foydalanadiganlarning ish sifatida pasayish kuzatilmagan. Shuningdek, bunday xodimlarning hayotida yuz beradigan ziddiyatlar keskin kamaygani oydinlashgan.

 

Xodimlarning aytishicha, ular telefon orqali kun davomida turmush oʻrtogʻi bilan xabarlashib turadi va bir-biriga ishdagi bosimlarni yengishda, oilaviy muammolarni hal qilishda yordam beradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//