Jamiyat
2025-yilda Maʻnaviyat va maʻrifat markazi qoshida “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati tarkibida zamonaviy texnologiyalar, “IT” platformalar, mobil ilovalar orqali aniq maqsadga qaratilgan ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish maqsadida “Loyihalar ofisi” tashkil etiladi. U Ijtimoiy tadbirlar ofisi, Raqamli va dasturiy targʻibot ofisi, Targʻibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish ofisidan iborat boʻladi.
Ijtimoiy tadbirlar ofisi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining yillik ish rejasi asosida hamda rejadan tashqari tezkor madaniy-maʼrifiy targʻibot tadbirlarini tashkil etadi.
Shuningdek, anʼanaviy loyihalar, jumladan “Maʼnaviyat festivali” va “Vatan manzumasi” loyihalarini tashkil etish boʻyicha yangilangan Dastur va ssenariylar ishlab chiqadi.
Raqamli va dasturiy targʻibot ofisi esa ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali jamiyatning axboriy faoliyatini muvofiqlashtirishga masʼul boʻladi.
Shuningdek, ushbu ofis “Maʼrifat ziyo” platformasi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, maʼrifiy yoʻnalishga qaratilgan ommaviy onlayn treninglar va vebinarlar tashkil qilish, siyosiy-maʼrifiy axborotlarni tarqatish boʻyicha “Raqamli savodxonlikni oshirish” loyihasini amalga oshirish, ijtimoiy roliklar va videokontentlar tayyorlash kabi vazifalarni ham bajaradi.
Targʻibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish ofisi esa mamlakatizmizdagi fan-taʼlim, adabiyot, sanʼat va madaniyat, sogʻliqni saqlash sohalaridagi yetakchi mutaxassislarni aʼzolikka qabul qilish, ularni targʻibot ishlariga safarbar etishga masʼul bo‘ladi.
Shu bilan birga, u targʻibotchilar faoliyatini tashkil etish va monitoring qilish, targʻibotchilarning ijtimoiy-maʼrifiy muammolarni hal etishga qaratilgan takliflari asosida kreativ loyihalar ishlab chiqish va uni amaliyotga tatbiq qilish, aholi vakillari, yoshlar oʻrtasida samarali muloqot oʻrnatilishini taʼminlash, “Kelajak liderlari klubi” faoliyatini muvofiqlashtirish, Ekspertlar Kengashi faoliyatini tashkil qilish ham Targʻibotchilar faoliyatini muvofiqlashtirish kabi vazifalarni bajaradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q