“Xamsa” dostoni ozar tilida chop etildi

Saqlash
01:32 / 29.12.2021 934 0

Kecha, 28-dekabr kuni O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida Alisher Navoiyning “Xamsa” asarining ozar tilidagi tarjima kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Asarni taniqli olim va tarjimon Ramiz Asqar ozar tiliga o‘girgan.

 

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi, xalq shoiri Sirojiddin Sayyid, Ozarboyjon Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi huzuridagi Haydar Aliyev nomidagi Ozarboyjon madaniyat markazi direktori Samir Abbosov, professor Nurboy Jabborov, Fuzuliy nomidagi ilmiy tadqiqot markazi rahbari Gulbahor Ashurova so‘zga chiqib, Alisher Navoiy ijodini boshqa tillarga tarjima qilinishi va chet davlatlarda nashr etilishining ahamiyati xususida gapirib o‘tdi.

 

Ushbu kitob “Turksoy” kutubxonasi seriyasida shu yilning dekabr oyida Bokuda nashr etildi. Kitobning ilmiy muharrir professor Rafael Xuseynov, muharrir Dilnavoz Yusupova. 

 

Taqdimotda filologiya fanlari doktori, professor Ramiz Asqarning video ma’ruzasi namoyish etildi. U Alisher Navoiyning ma’naviy merosini ko‘p yillardan buyon o‘rganishi, uning g‘azallarini, dostonlarini sevib mutolaa qilishi, mutaffakir she’riyatiga bag‘ishlangan konferensiyalarda qatnashgani, asarlarining tarjimasi va nashr jarayonlari haqida aytib o‘tdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//